Usmon Dembele nima uchun "Barselona"da ko'p jarohat olgan?

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025
Usmon Dembele Parij klubida o'z tayyorgarligiga munosabati kataloniyaliklardagidan qay jihatdan farq qilishini aytib o'tdi.

"Men "Barselona"ga kelganimda orqamda bor-yo'g'i bir yarim yillik professional kareram bor edi. Maydonga to'g'ri energiyaga to'la holda chiqardim, shu bilan birga, iqtidorim ham bor edi.

Bir, ikki, uch, to'rt marta jarohat olgach, tanangga e'tibor berish kerakligini tushunasiz. Yuqori darajadagi futbol faqat iqtidor emas, u mehnat talab qiladi. Shunchaki uyg'onganingizcha maydonga chiqib bo'lmaydi. Har narsa bo'lishi mumkinligini anglaysiz.

Menga ishlash, kuchliroq bo'lish, to'g'ri ovqatlanish va yaxshi uxlash kerakligini tushunganman. Hammasini anglab etganman. Va bugun bu PSJda samara beryapti. Men baxtliman", - deydi Dembele.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: FourFourTwo