“Neftchi” - “Bunyodkor” FIFA kunlarida o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2026, 18:24
Superliga 26-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Bunyodkor” uchrashuvi 14 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Bu borada har ikki klub o'zaro kelishuvga erishdi.

Farg'onaliklar ayni vaqtda biryo'la uch frontda kurash olib borayotganidan xabaringiz bor. Bu esa o'z navbatida taqvimda qator murakkabliklar keltirib chiqargan. Elit Chempionlar ligasida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan “Neftchi” “Bunyodkor” bilan Superliga doirasidagi uchrashuvni surish orqali futbolchilarning tiklanish jarayonini nisbatan engillashtirishga qaror qildi. O'z navbatida “Bunyodkor” raqib tomonidan bildirilgan taklifga rozilik bildirdi.

Qayd etish kerak, FIFA kunlarini inobatga olmasa, “Neftchi” klubining ko'chirilgan o'yini uchun taqvimda bo'sh joy mavjud emasdi. Shundan kelib chiqib klub O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'iniga ehtimoliy jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilarsiz ham Bunyodkorga qarshi maydonga tushishga kafolat berdi.

“Bunyodkor” klubidagi iqtisodiy holatdan kelib chiqib, “Neftchi” U-21 jamoalari o'rtasidagi uchrashuv uchun Toshkentga tashrif buyurish borasidagi raqibining taklifini qabul qildi. Mazkur bellashuv 28 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz