

2025 yilning dekabrida futbolchilik faoliyatini yakunlagan 34 yoshli angliyalik murabbiy sifatida ish topishga urinmoqda, ammo hozircha hech qanday taklif olmayapti.
"Ishsiz qolish - katta stress. Barcha malakam etarli bo'lgan ish uchun ariza topshirib, hatto suhbatga ham taklif ololmaslik og'riqli, lekin bu sarosimaga tushishim kerakligini anglatmaydi. Uolt Disneyni 300 dan ortiq marta rad etishgan, rad etilish ko'pchilik insonlar tarixining bir qismidir. Men uchun eng qiyini - maqsadlarimga to'g'ri kelmaydigan ishlarni rad etish", – deb yozdi Kolker.
Shuningdek, Koker kun tartibi va ertalabki yugurishlar unga xotirjamlikni saqlashda yordam berayotganini qo'shimcha qildi.
Sobiq futbolchi Premer-ligada "Tottenxem", "Suonsi", "Kardiff", KPR va "Liverpul" jamoalari safida 120 dan ortiq o'yin o'tkazgan. Angliya terma jamoasi tarkibida 2012 yil 1 ta o'yinda maydonga tushib, Shvetsiyaga gol urgan. So'nggi yillarda u "Konyaspor"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritdi va 2026 yilning sentyabrida jamoani tark etdi.



