KPR himoyachisi pishloq o'g'irlagani uchun qo'lga olindi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2014, 15:07
KPR himoyachisi Stiven Koker pishloq o'g'irlagani uchun qo'lga olindi.

Angliya terma jamoasida bir nechta o'yin o'tkazgan va haftasiga 40 ming funt sterling ishlab topuvchi bu futbolchi 1,85 funt turuvchi filadelfiya yumshoq pishlog'i bilan qo'lga tushgan. Uni policiyachilar mahkamaga olib ketishdi va futbolchi tezda qo'yib yuborildi. Ma'lum bo'lishicha, xaridda tushunmovchilik yuzaga kelgan.

Supermarketlar tarmog'i matbuot-kotibining so'zlariga ko'ra, o'tgan haftada ko'plab do'konlarda o'g'irlik sodir bo'lgani uchun, bu erga ham policiya chaqirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru