

O'zbekiston kubogi.
¼ final
OKMK - "Guliston" 0:0
20 oktyabr 2026 yil. Olmaliq, OKMK sport majmuasi. 18:30
Hakamlar: Nikita Mustafin, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Dias Galeev. Nazoratchi: Temur Abdullaev
Komissar: Shahzod Xolboev
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin.
OKMK: 23. Hamidullo Abdunabiev. 6. Avazbek O'lmasaliev, 19. Axmadullo Muqumjonov, 44. Abror Karimov, 8. Abubakr Rizo Turdialiev, 9. Aziz Xolmurodov, 17. Nodirbek Abdurazzoqov, 4. Mirjamol Qosimov, 5. Giorgi Papava, 88. Siavash Haqnazariy. 77. Ivan Peshich.
Zaxira: 22. Saidafzalxon Ahrorov, 11. Ali Abdurahmonov, 28. Arihiro Sentoku, 30. Abror Sarimsoqov, 35. Javohir Ilyosov, 13. Eldorbek Begimov, 21. Hazratjon Tursunqulov, 26. Faridjon Abdullaev, 27. Urosh Koyich.
"Guliston": 12. Sarvar Husanov. 5. Ozod Rajabov, 17. Ixtiyor Toshpo'latov. 11. Azamat Abduhalilov, 19. Shahzodbek G'ofurbekov, 23. Turdibek Omonov, 8. Bunyod Shodiev, 9. Alisher Sobirjonov, 26. Javohir Nematullaev. 20. Abdulaziz Ne'matov, 10. Shoxnazar Norbekov (15. Behruz Abdullaev, 36)
Zaxira: 1.Rahim Abduqodirov, 22. Azimjon Mamatqulov, 30. Jasurbek Saydazimov, 24. Boburbek Yorbekov, 2. Xurshidbek Odiljonov, 7. Muhammad Isaev, 13. Sanjarbek Yorbekov, 6. Zuhriddin Ibodullaev.
⏸ 45+5-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi! Bosh hakam Nikita Mustafinning bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagi yangradi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.
45+5-daqiqa. "Guliston" vakili Alisher Sobirjonov darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq uning urinishidan so'ng to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. To'xtalishlar va tibbiy yordam ko'rsatilgan vaziyatlar sababli bosh hakam Nikita Mustafin bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
⚠️ 44-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Guliston" vakili Alisher Sobirjonov o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. To'pga talpingan Azamat Abduhalilov chalqancha uslubda darvoza tomon zarba berdi. Biroz noaniq, to'p to'sinning yuqorisidan o'tib ketdi.
37-daqiqa. OKMK himoyachisi Abror Karimov jarima maydonchasi ichida chalqancha uslubda akrobatik zarba yo'lladi. Chiroyli chiqqan urinish biroz noaniq bo'ldi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
🔄 36-daqiqa. "Guliston" tarkibida majburiy o'zgarish: to'qnashuv natijasida jarohat olgan Shoxnazar Norbekov o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga maydonga Behruz Abdullaev tushdi.
31-daqiqa. OKMK posboni Hamidullo Abdunabiev hamda "Guliston" hujumchisi Shoxnazar Norbekov to'p uchun kurashda o'zaro to'qnashib ketishdi. Ikkala futbolchiga ham tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
🖥️ 29-daqiqa. Bosh hakam Nikita Mustafin VAR monitori yoniga borib, penalti belgilangan bahsli vaziyatni ko'rib chiqdi. Takroriy lavhalarni o'rganib chiqqan hakam dastlabki qarorini o'zgartirdi – "Guliston" foydasiga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasi bekor qilindi. O'yin davom etmoqda.
🚨 25-daqiqa. Penalti! OKMK darvozaboni Hamidullo Abdunabiev hech qanday qarshiliksiz vaziyatda to'pni egallashda xatoga yo'l qo'ydi va to'pga talpingan "Guliston" hujumchisi Shoxnazar Norbekovni qoidani buzgan holda yiqitdi. Bosh hakam Nikita Mustafin nuqtaga ishora qildi.
19-daqiqa. OKMK himoyachisi Axmadullo Muqumjonov chap qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatma amalga oshirdi. Hujumga qo'shilgan Siavash Haqnazariy bosh bilan zarba berishga intildi, ammo to'pga aniq zarba yo'llay olmadi.
14-daqiqa. OKMK futbolchilari burchak zarbasini amalga oshirishdi. "Guliston" darvozaboni Sarvar Husanov darvozadan chiqib, to'pni mushtlari bilan urib yubordi.
⚠️ 12-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Guliston" futbolchilari tashkil etgan tezkor qarshi hujum zarba bilan yakunlandi. Jarima maydonchasi ichida Abdulaziz Ne'matov chap oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq zarba kuchli chiqmadi va OKMK darvozaboni Hamidullo Abdunabiev to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
⚠️ 9-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Guliston" futbolchisi Turdibek Omonov jarima zarbasini to'g'ridan-to'g'ri darvoza tomon yo'lladi. To'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.
3-daqiqa. "Guliston" futbolchisi belgilangan jarima zarbasidan darvoza tomon to'g'ridan-to'g'ri zarba yo'lladi. OKMK posboni Hamidullo Abdunabiev to'pni birinchi urinishda egallab ololmadi. Qaytib chiqqan to'pga egalik qilishga intilgan mehmonlar hujumchisi esa himoyachiga nisbatan qoidani buzdi. Hakam hujumda fol qayd etdi.
2-daqiqa. "Guliston" futbolchilari tomonidan autdan etkazib berilgan to'pga jarima maydonchasi ichida mehmonlar vakili bosh bilan zarba yo'lladi. Noaniq, to'p darvoza to'rining yuqori qismidan o'tib ketdi.
⏱ 1-daqiqa. Bosh hakam Nikita Mustafinning hushtagi yangradi va uchrashuvga start berildi. To'p maydon markazidan o'yinga kiritildi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Mezbonlar – OKMK oq-kulrang, mehmonlar – "Guliston" esa ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.



