

O'zbekiston kubogi.
¼ final
OKMK - "Guliston" 2:0
20 oktyabr 2026 yil. Olmaliq, OKMK sport majmuasi. 18:30
Hakamlar: Nikita Mustafin, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Dias Galeev. Nazoratchi: Temur Abdullaev
Komissar: Shahzod Xolboev
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin.
Gollar: 1:0 – 53, Ivan Peshich (Aziz Xolmurodov); 2:0 – 77, Nodirbek Abdurazzoqov (Aziz Xolmurodov)
OKMK: 23. Hamidullo Abdunabiev. 6. Avazbek O'lmasaliev, 19. Axmadullo Muqumjonov, 44. Abror Karimov, 8. Abubakr Rizo Turdialiev, 9. Aziz Xolmurodov (21. Hazratjon Tursunqulov, 82), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (26. Faridjon Abdullaev, 82), 4. Mirjamol Qosimov (28. Arihiro Sentoku, 62), 5. Giorgi Papava (30. Abror Sarimsoqov, 87), 88. Siavash Haqnazariy. 77. Ivan Peshich (27. Urosh Koyich, 62)
Zaxira: 22. Saidafzalxon Ahrorov, 11. Ali Abdurahmonov, 35. Javohir Ilyosov, 13. Eldorbek Begimov.
"Guliston": 12. Sarvar Husanov. 5. Ozod Rajabov, 17. Ixtiyor Toshpo'latov. 11. Azamat Abduhalilov, 19. Shahzodbek G'ofurbekov, 23. Turdibek Omonov, 8. Bunyod Shodiev, 9. Alisher Sobirjonov (30. Jasurbek Saydazimov, 87), 26. Javohir Nematullaev. 20. Abdulaziz Ne'matov (22. Azimjon Mamatqulov, 56), 10. Shoxnazar Norbekov (15. Behruz Abdullaev, 36)
Zaxira: 1.Rahim Abduqodirov, 24. Boburbek Yorbekov, 2. Xurshidbek Odiljonov, 7. Muhammad Isaev, 13. Sanjarbek Yorbekov, 6. Zuhriddin Ibodullaev.
Ogohlantirishlar: Abror Karimov (49), Urosh Koyich (89)
🏁 90+7-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi!
O'zbekiston kubogi 1/4 finali doirasida kechgan bahsda OKMK jamoasi "Guliston" ustidan 2:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi. Ivan Peshich hamda Nodirbek Abdurazzoqov tomonidan kiritilgan gollar olmaliqliklarga yarim final yo'llanmasini taqdim etdi.
90+7-daqiqa. "Guliston" futbolchisi Turdibek Omonov belgilangan jarima zarbasini to'g'ridan-to'g'ri darvoza tomon yo'lladi, biroq uning zarbasi ancha noaniq chiqdi.
90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar sababli bosh hakam Nikita Mustafin bahsga 7 daqiqa qo'shib berdi.
🔄 87-daqiqa. Ikkala jamoa tarkibida navbatdagi o'zgarishlar amalga oshirildi:
OKMK safida Giorgi Papava o'rniga Abror Sarimsoqov maydonga tushdi.
"Guliston" tarkibida esa Alisher Sobirjonov maydonni tark etdi, uning o'rniga Jasurbek Saydazimov bahsga qo'shildi.
🔄 82-daqiqa. OKMK safida ikkita o'zgarish: golli uzatma muallifi Aziz Xolmurodov hamda ikkinchi gol muallifi Nodirbek Abdurazzoqov maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Hazratjon Tursunqulov va Faridjon Abdullaev bahsga qo'shildi.
81-daqiqa. OKMK futbolchisi Aziz Xolmurodov darvoza tomon zarba yo'lladi, ammo uning urinishi noaniq chiqdi.
⚽ 77-daqiqa. GOL! OKMK ikkinchi to'pni kiritmoqda! Aziz Xolmurodov qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatma amalga oshirdi. Qulay vaziyatda turgan Nodirbek Abdurazzoqov bosh bilan to'pni darvozaga aniq yo'llab, hisobni oshirdi – 2:0!
🖥️ 68-daqiqa. Bosh hakam Nikita Mustafin VAR tizimi hakamlari bilan aloqaga chiqib, gol urilgan vaziyatni tekshirdi. Tekshiruv natijasida hujum vaqtida ofsayd bo'lgani aniqlandi va Urosh Koyich tomonidan kiritilgan to'p bekor qilindi. Hisob o'zgarishsiz qolmoqda – 1:0.
⚽ 64-daqiqa. GOL! OKMK farqni oshirmoqda! Abubakr Rizo Turdialiev o'ng qanotdan jarima maydonchasi markaziga aniq pas uzatdi. Maydonga endigina tushgan Urosh Koyich berilgan to'pni darvozaga aniq yo'llab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi!
🔄 62-daqiqa. OKMK safida bir yo'la ikkita o'zgarish: gol muallifi Ivan Peshich o'rniga Urosh Koyich, Mirjamol Qosimov o'rniga esa Arihiro Sentoku maydonga tushdi.
🔄 56-daqiqa. "Guliston" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Abdulaziz Ne'matov maydonni tark etdi, uning o'rniga o'yinga Azimjon Mamatqulov qo'shildi.
⚽ 53-daqiqa. GOL! Bosh hakam Nikita Mustafin VAR tizimidagi hakamlar bilan muloqotdan so'ng yakuniy qarorga keldi: hujumda ofsayd yo'q deb topildi va gol rasman hisobga olindi! Ivan Peshich OKMKni hisobda oldinga olib chiqmoqda – 1:0.
🚩 51-daqiqa. Gol inobatga olinmadi. OKMK hujumchisi Ivan Peshich to'pni darvoza to'riga kiritdi, biroq yon hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini bildirib bayroqchasini ko'tardi. Ofsayd sababli gol bekor qilindi.
⚠️ 49-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Guliston" futbolchisi Shahzodbek G'ofurbekov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi. Hujum yakunlangach, bosh hakam Nikita Mustafin hujum fazasidan avvalroq yuz bergan qoidabuzarlik uchun OKMK futbolchisi Abror Karimovga sariq kartochka ko'rsatdi.
⏱ 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Jamoalar maydonga qaytishdi, bosh hakam hushtagi yangrab, to'p yana harakatga keltirildi.
⏸ 45+5-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi! Bosh hakam Nikita Mustafinning bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagi yangradi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.
45+5-daqiqa. "Guliston" vakili Alisher Sobirjonov darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq uning urinishidan so'ng to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. To'xtalishlar va tibbiy yordam ko'rsatilgan vaziyatlar sababli bosh hakam Nikita Mustafin bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
⚠️ 44-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Guliston" vakili Alisher Sobirjonov o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. To'pga talpingan Azamat Abduhalilov chalqancha uslubda darvoza tomon zarba berdi. Biroz noaniq, to'p to'sinning yuqorisidan o'tib ketdi.
37-daqiqa. OKMK himoyachisi Abror Karimov jarima maydonchasi ichida chalqancha uslubda akrobatik zarba yo'lladi. Chiroyli chiqqan urinish biroz noaniq bo'ldi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
🔄 36-daqiqa. "Guliston" tarkibida majburiy o'zgarish: to'qnashuv natijasida jarohat olgan Shoxnazar Norbekov o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga maydonga Behruz Abdullaev tushdi.
31-daqiqa. OKMK posboni Hamidullo Abdunabiev hamda "Guliston" hujumchisi Shoxnazar Norbekov to'p uchun kurashda o'zaro to'qnashib ketishdi. Ikkala futbolchiga ham tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
🖥️ 29-daqiqa. Bosh hakam Nikita Mustafin VAR monitori yoniga borib, penalti belgilangan bahsli vaziyatni ko'rib chiqdi. Takroriy lavhalarni o'rganib chiqqan hakam dastlabki qarorini o'zgartirdi – "Guliston" foydasiga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasi bekor qilindi. O'yin davom etmoqda.
🚨 25-daqiqa. Penalti! OKMK darvozaboni Hamidullo Abdunabiev hech qanday qarshiliksiz vaziyatda to'pni egallashda xatoga yo'l qo'ydi va to'pga talpingan "Guliston" hujumchisi Shoxnazar Norbekovni qoidani buzgan holda yiqitdi. Bosh hakam Nikita Mustafin nuqtaga ishora qildi.
19-daqiqa. OKMK himoyachisi Axmadullo Muqumjonov chap qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatma amalga oshirdi. Hujumga qo'shilgan Siavash Haqnazariy bosh bilan zarba berishga intildi, ammo to'pga aniq zarba yo'llay olmadi.
14-daqiqa. OKMK futbolchilari burchak zarbasini amalga oshirishdi. "Guliston" darvozaboni Sarvar Husanov darvozadan chiqib, to'pni mushtlari bilan urib yubordi.
⚠️ 12-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Guliston" futbolchilari tashkil etgan tezkor qarshi hujum zarba bilan yakunlandi. Jarima maydonchasi ichida Abdulaziz Ne'matov chap oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq zarba kuchli chiqmadi va OKMK darvozaboni Hamidullo Abdunabiev to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
⚠️ 9-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Guliston" futbolchisi Turdibek Omonov jarima zarbasini to'g'ridan-to'g'ri darvoza tomon yo'lladi. To'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.
3-daqiqa. "Guliston" futbolchisi belgilangan jarima zarbasidan darvoza tomon to'g'ridan-to'g'ri zarba yo'lladi. OKMK posboni Hamidullo Abdunabiev to'pni birinchi urinishda egallab ololmadi. Qaytib chiqqan to'pga egalik qilishga intilgan mehmonlar hujumchisi esa himoyachiga nisbatan qoidani buzdi. Hakam hujumda fol qayd etdi.
2-daqiqa. "Guliston" futbolchilari tomonidan autdan etkazib berilgan to'pga jarima maydonchasi ichida mehmonlar vakili bosh bilan zarba yo'lladi. Noaniq, to'p darvoza to'rining yuqori qismidan o'tib ketdi.
⏱ 1-daqiqa. Bosh hakam Nikita Mustafinning hushtagi yangradi va uchrashuvga start berildi. To'p maydon markazidan o'yinga kiritildi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Mezbonlar – OKMK oq-kulrang, mehmonlar – "Guliston" esa ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.



