O'zbekiston Kubogi. "Andijon" mehmonda "So'g'diyona"ni engib, yarim finalga yo'l oldi

Iskandarov Abdulaziz
20 okt 2026, 18:24
O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“So'g'diyona” – “Andijon” 1:2 (TUGADI)

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Adham Rixsiboev, Abdurashid Erkinov

Zaxira hakami: Sanjar Nazarov

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Petar Michin (avtogol) 60, Martin Boake (Rustam Turdimurodov)  79, Sardorbek Jamolov 84, 1:2

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Behruz Jumatov, 6. Behruz Asqarov (17. Ollobergan Karimov,65), 7. Petar Michin, 8. Jamshid Boltaboev (49. Sardor Jamolov, 80), 13. Filip Ivanovich, 14. Lupcho Doriev (S), 22. Abdulazizxon Abdurashidov (10. Javohir Qahramonov,65), 29. Amirbek Saidov (28. Samandarjon Mavlonqulov, 65), 77. Oybek Nurmatov (3. Islomjon Qobilov,88)

Zaxira: 74. Bayram Najafaliev, 9. Zenan Zaymovich, 19. Zabihillo O'rinboev, 23. Sardorbek Xoshimov,

"Andijon": 1. Eldor Adhamov, 5. Abduvohid G'ulomov, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov (28. Bekzod Sulaymonov,67), 11. Humoyunmirzo Iminov (99. Rustam Turdimurodov, 74), 15. Nemanya Chalasan, 18. Damir Temirov, 20. Islom Toxtaxo'jaev, 22. Usmonali Ismonaliev (S), 26. Muhammadkarim Toirov (88. Shoxjaxon Yorqinboev,75), 27. Martin Boake, 33. Doniyor Abdumannopov (17. Azizbek Turg'unboev, 67)

Zaxira: 19. Artyom Potapov, 8. Shoxmalik Komilov, 14. Abdurahmon Komilov, 23. Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 70. Hamidillo Karimov,

Uchrashuv yakunlandi. 

90+2. Norsfarov VAR monitori oldiga borib ko'rdi. Qaror o'zgarmadi. 

90+1. Islomjon Qobilovning goli o'yindan tashqari holat sabab hisobga olinmadi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. OGOHLANTIRISH. Rustam Turdimurodov, “Andijon”!

88. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Nurmatov o'rniga Qobilov tushdi. 

86. Ikkinchi bo'lim ancha tezkor va gollarga boy o'tmoqda. 

84. GOL. “So'g'diyona” uchrashuvda hisobni qisqartirdi. O'yinga intriga qaytdi. Sardorbek Jamolov gol muallifi, 1:2

79. GOL. Rustam Turdimurodovning ajoyib pasini Boake darvozaga mixladi, 0:2

75. O'ZGARISH. “Andijon”, Toirov o'rniga Yorqinboev tushdi. 

74. O'ZGARISH. “Andijon”, Iminov o'rniga Turdimurodov tushdi. 

72. Michinning yo'llagan zarbasini Adhamov qaytardi. 

67. O'ZGARISH. “Andijon”, Abdumannopov o'rniga Turg'unboev, Xoldorxonov o'rniga Sulaymonov tushdi. 

65. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Saidov o'rniga Mavlonqulov, Abdurashidov o'rniga Qahramonov, Asqarov o'rniga Karimov tushdi. 

60. GOL. “Andijon” o'yinda hisobni ochdi. Past tempada o'tayotgan uchrashuvga mana bu gol turtki berdi. Burchakdan uzatib berilgan to'p Petar Michinga tegib mezbonlar darvozasidan joy oldi, 0:1

55. ZARBA. Boltaboev omadini sinab ko'rdi. Noaniq zarba 

52. OGOHLANTIRISH. Filip Ivanovich, “So'g'diyona”!

51. Iminov bir nechta raqibini aldab kirib bordi, Ivanovichning to'sig'idan o'ta olmadi. 

49. ZARBA. Usmonali Ismonalievning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+5. ZARBA. Petar Michinning zarbasi xavfli chiqdi. 

45+3. Mezbonlar ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirmoqda. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

37. Asqarovning urinishi o'xshamadi.

30. Mezbonlarning yurishlari samara keltirayotgani yo'q. 

26. O'yinda temp yuqori emas, jamoalarning hujumi zarbagacha borayotgani yo'q. 

21. O'yin davom etadi. Stadionda projektor bilan bog'liq muammo bartaraf etildi. 

15. Zomindagi stadionda chiroq o'chdi. 

13. ZARBA. Boakening zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi. Qulay vaziyat ko'kka sovurildi. 

7. OGOHLANTIRISH. Po'latxo'ja Xoldorxonov raqib futbolchisining oyog'ini bosib oldi. 

3. Chap qanotdan uzatmani Mitrovich ushlab oldi. 

2. ZARBA. “Andijon”ning ilk hujumi xavfli chiqdi, Usmonali Ismonalievning yurishi keskin chiqdi zarba noaniq. 

Uchrashuvga start berildi. 

O'yin boshlanishiga hamma narsa tayyor!

Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia