"Vilyarreal" darvozaboni va uning oilasi qurolli hujumga uchradi

Sherzod Nurmatov
15 okt 2026, 12:50
"Vilyarreal" darvozaboni Peter Gulachi tongda o'z uyida sodir bo'lgan dahshatli qurolli bosqin sababli Chempionlar Ligasi doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.

O'sha paytda uyda uning rafiqasi va ikki nafar yosh farzandi ham bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, bosqinchilar seyf, pul va qimmatbaho buyumlarni berishni talab qilgan holda 36 yoshli vengriyalik posbon va uning rafiqasiga qurol o'qtalgan.

Hech kim jismoniy jarohat olmagan, biroq ruhiy zarba juda kuchli bo'lgan: Gulachi hodisa ro'y bergan vaqtdan beri deyarli uxlamagan va klub bilan kelishilgan holda "Napoli"ga qarshi bahs qaydnomasidan chiqarilgan. Uning o'rnini "La Seramika"dagi darvozada Luis Junior egalladi.

Bosqin oilaning Valensiya yaqinidagi Puzol shaharchasida "Monasterios" turar-joy majmuasidagi uyida sodir bo'lgan. "Vilyarreal" tegishli organlar darhol xabardor qilingani va hozirda hodisa yuzasidan tergov olib borilayotganini tasdiqladi, biroq hujum qilganlar haqida hozircha ko'p ma'lumot mavjud emas.

Bu voqea "Vilyarreal" uchun eng noqulay vaqtga to'g'ri keldi, chunki jamoa shanba kuni "Real"dan uchralgan 1:0 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin o'zini o'nglab olish va ushbu mavsumda Chempionlar Ligasidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritishga intilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN