Grilish "Manchester Siti"da mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
29 iyu 2025 15:32
Yangiliklar
Grilish "Manchester Siti"da mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
"Manchester Siti"ning angliyalik yarim himoyachisi Jek Grilish Manchester klubi mashg'ulotlariga qaytdi.
ESPN xabariga ko'ra, 29 yoshli angliyalik futbolchi jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, shu bilan birga, yarim himoyachi hamon faol ravishda yangi klub izlamoqda.
Avvalroq Grilish "Siti"ning Klublar o'rtasidagi JCH uchun qaydnomasiga kiritilmagandi. Matbuotda futbolchining xizmatlariga "Vest Xem" va "Tottenxem" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan. "Shaharliklar" 2021 yilning yozidan beri "Siti"da o'ynab kelayotgan Jek bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Jek Grilish "Manchester Siti" tarkibida Angliya chempionatida 20 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan, 1 ta golga assistentlik qilgan va 3 ta sariq kartochka olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar