So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  2 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  22 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  4 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  20 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  4 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  202 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

CAFA Nations Cup. O'zbekiston 10 kishi bo'lib qolgan Qirg'iz Respublikasini yirik hisobda engdi. Finaldagi raqib – Eron Yangiliklar

CAFA Nations Cup. O'zbekiston 10 kishi bo'lib qolgan Qirg'iz Respublikasini yirik hisobda engdi. Finaldagi raqib – Eron

CAFA Nations Cup 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi 4:0

Gollar: 1:0 – 20, Akmal Mozgovoy (Husniddin Aliqulov), 2:0 – 67, Otabek Shukurov (penalti), 3:0 – 82, Igor Sergeev (Otabek Shukurov), 4:0 – 90+3, Aziz Turg'unboev

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojakbar Alijonov (24.Ibrohimxalil Yo'ldoshev, 88), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Akmal Mozgovoy (10.Aziz G'aniev, 73), 9.Odil Hamrobekov (7.Otabek Shukurov, 46), 13.Sherzod Nasrullaev (11.Oston O'runov, 46), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev, 73), 20.Hojimat Erkinov (19.Aziz Turg'unboev, 80), 22.Abbos Fayzullaev (8.Jamshid Iskanderov, 73), 23.Husniddin Aliqulov, 30.Alibek Davronov

Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 35.Vladimir Nazarov, 15.Umar Eshmurodov, 27.Dilshod Komilov, 31.Ruslan Jiyanov

Qirg'iz Respublikasi: 1.Erjan Tokotaev (13.Artyom Pradkin, 53), 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Qo'ziboev, 5.Arlen Beksulov, 7.Joel Kojo (24.Nurlanbek Sariqbaev, 81), 10.Guljigit Aliqulov (9.Ernist Botirxonov, 53), 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mishenko, 19.Ermek Kenjaboev,  21.Kai Merk (17.Ulanbek Sulaymonov, 46), 23.Erbol Atabaev

Zaxira: 4.Azim Azarov, 6.Magamed Uzdenov, 11.Atai Jumashev, 16.Ruslan Amirov, 20.Esenbek Usun Ulu, 22.Amir Japarov, 25.Islam Yunusov, 26.Adil Qodirjonov

Ogohlantirishlar: Kai Merk (19), Arlen Beksulov (32)

Chetlatish: Valeriy Kichin (45)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi. 

90+3. GOL! Turg'unboev hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi!

90+1. Shukurovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shildi.

88. O'zbekistonda o'zgarish.

82. GOL! Sergeev qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

81. Qirg'iz Respublikasi tarkibida o'zgarish.

80. O'zbekiston tarkibida o'zgarish.

79. O'runov raqib jarima maydonida noaniq zarba yo'lladi.

Bugungi o'yinni "Olimpiya" stadionidan 3842 tomoshabin kuzatmoqda.

73. O'zbekiston tarkibida uch o'zgarish.

67. GOL! Shukurov penaltini aniq amalga oshirdi! O'zbekistonlik yarim himoyachi markazni aniq nishonga oldi!

64. Qirg'iz Respublikasi darvozasiga penalti belgilandi, to'p jarima maydoni ichida mehmonlar himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.

63. Shomurodov jarima maydoniga kirib bordi, ammo zarba yo'llay olmadi.

60. Davronovning olisdan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, biroz noaniq.

57. O'zbekistonliklarning ikki zarbasini himoyachilar qaytardi.

53. Qirg'iz Respublikasi tarkibida ikki o'zgarish.

VAR monitori orqali vaziyatni ko'rgan hakam golni bekor qildi. O'zbekistonliklar o'yin qoidasini buzgan deb topildi.

49. GOL! Shomurodov O'zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi, biroq gol urilgan vaziyatda raqib darvozabon va himoyachisi to'qnashib ketgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zbekiston tarkibida ikki, Qirg'iz Respublikasida bir o'zgarish

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

45. Qirg'iz Respublikasi himoyachisi Valeriy Kichinga so'nggi umid foli sifatida qizil kartochka ko'rsatildi.

44. Shomurodovning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

42. Kojo sherigini oldinga boshladi, Yusupov oldinga chiqib, to'pni tepib yubordi.

38. Guljigit Aliqulov raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi. Yusupov to'pni qaytardi.

37. Mehmonlar o'ng qanotdan xavfli hujum tashkillashtirdi, so'nggi pallada Alijonov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

32. Arlen Beksulov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

29. Guljigit Aliqulov va Hojiakbar Alijonov to'p uchun kurashda to'qnashib ketdi. 

26. Alijonov ofsaydda qolib ketdi.

VAR monitori bilan suhbatlashgan hakam gol urilgan vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etilmaganini malum qildi! 1:0!

20. GOL! Aliqulovning super uzatmasidan so'ng raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda qolgan Akmal Mozgovoy hisobni ochdi, ammo yon hakam o'yindan tashqari holat bo'lganini malum qildi.

19. Merk Davronovga nisbatan xavfli o'ynagani uchun ogohlantirildi.

15. Fayzullaevning burchak uzatmasini Qo'ziboev bartaraf etdi.

12. Fayzullaevning jarimadan uzatmasini Kichin boshi bilan qaytardi.

7. Fayzullaevning burchak uzatmasi bartaraf etildi.

6. Erkinovning uzatmasidan so'ng to'p raqib jarima maydonida Beksulovning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. 

5. Erbol Atabaevning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni va to'sini kesishgan nuqtaga tegib qaytdi.

4. Hamrobekov jarima maydoni yaqinida fol ishlatdi. Jarima zarbasi.

1. O'yin boshlandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

+31   
05 sen 20:25:57
Diyorbek Xusanov
Bizga xorijlik tajribali murabbiy kerak!
+25   
05 sen 21:13:31
JOKER 10
Сергеев гол урган вазиятда Шома бўлганида орқага пас берарди )))
+24   
05 sen 19:22:13
Davlatjon Ismoilov
Sisen foydalanuvchining fikriga javob berish
Тренер ким булади? Кападзе коладими?
Kopadze qolsa 48-orin bizniki boladi)
Jaxon Chempionatida)
+23   
05 sen 21:14:55
uzbuzb
Ух ты....шархловчилар сал секирог э...Телвизоримизи карнайи ёрилиб кетмасин,қирғизлар билан уйнаяпмиз бразилия билан эмас,сал эмоцияларингни жиловлаб олингларей
+23   
05 sen 20:17:29
navbarcelona
Шомуродовга айтиб қўйинглар улардан бир киши қизил олди.
+23   
05 sen 20:07:53
Soccerland777
Ўйланган комбинация йўқ. Хамма билганча ўйнаяпти. Мураббий имзоси йўқ.
+20   
05 sen 21:13:48
Рома
Хайрият бизда Игор Сергеев бор.Тоза гол!
+20   
05 sen 21:11:32
Жавлон Юлдашев
Бизда ўзидан звезда ясавоганла кўпде биттаси Шома
+20   
05 sen 20:16:16
Sarvar
qizil shartmas edi, murabbiyni imzosini ko'ra olmaymiz endi
+19   
05 sen 20:15:49
uzbuzb
Судия сал ошириб юборди,қизил шарт эмасди лекин
+18   
05 sen 20:14:11
Sarvar
Eldorni nomi qopdi xolos, to'pni tepa olmayapdiyam
+18   
05 sen 20:06:51
Sarvar
Eldor o'yini ancha pasayibdi
+17   
05 sen 20:21:38
Sarvar
Eldorni pricheskasi ham shortigini ko'tarib olishi ham odamni g'ashiga tegyapdi, mayli o'zini shaxsiy ishi muxlis sifatida fikrimni aytim shunchaki
+17   
05 sen 20:20:39
Sisen
Кизил шарт эмасди, интрига улди
+17   
05 sen 20:02:24
uzbuzb
Қарангларчи Шомуродов хам борми майдонда,чота ман курмаяпман уни,давронов мазгавой хозирча актив уйнашябди,Алижоновда браклар куп кузга ташланябди,Файзулаев хам узини курсата олмаяпти,Элдорни бор йуқлигини хам билиб булмаяпти
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика