

"Hakam birinchi bo'limda sog'lom fikr yuritib, Ariya Yusufini to'g'ri tarzda maydondan chetlatdi. Ikkinchi bo'limda esa ikkita bahsli vaziyat yuz berdi.
O'zbekiston terma jamoasi darvozabonining Muhammad Kanoniga nisbatan qo'polligi aniq ko'rinib turibdi, eronlik futbolchi esa raqib darvozaboni bilan to'qnashuvdan oldin qoidani buzmagandi. Hakam penalti belgilashi kerak edi, ammo u nima sababdan fikrini o'zgartirgani menga noma'lum".
O'zbekistonlik himoyachi Mehdi Taremiga nisbatan sodir etilgan qo'pollik haqida mutaxassis shunday dedi:
"Bu holatda hakam himoyachiga dastlab sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi, uni maydondan chetlatish xato qaror edi, biroq u VAR tizimini ko'rib chiqqach, o'z qarorini to'g'riladi".
O'zbekiston foydasiga belgilangan penalti bo'yicha Rodneyl quyidagicha izoh berdi:
"O'runov jarima maydoniga kirishidan oldin Taremiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam o'zbekistonlik qanot hujumchisi sodir etgan qo'pollikni qayd etishi kerak edi. Biroq o'yin davom ettirildi, keyingi vaziyatdagi penalti esa to'g'ri belgilandi. Agasi O'ronovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgandi".



