"Real" sobiq darvozaboni 39 yoshida faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
19 noya 2026, 16:05
Ispaniyalik darvozabon Antonio Adan ijtimoiy tarmoqlarda 39 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Bolaligimda orzu qilgan barcha narsani boshdan kechirish nasib etdi. G'alaba qozondim, mag'lub bo'ldim, yig'ladim va quvondim, ammo eng muhimi - o'rgandim. Menga bu imkoniyatni bergan barchaga rahmat", – deb yozdi Adan.

Adan "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yil dekabr oyida Joze Mourinyu va Iker Kasilyas o'rtasidagi kelishmovchilikdan so'ng u madridliklarning asosiy posboniga aylangandi. Darvozabon La Liganing ketma-ket ikki o'yinida - "Malaga" (2:3) va "Real Sosedad"ga (4:3) qarshi bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Keyinchalik darvozadagi o'rinni Diego Lopes egallagan.

Shuningdek, u "Kalyari", "Betis", "Atletiko", "Sporting" va Eronning "Istiqlol" jamoalarida harakat qilgan. U 11 ta sovrinni qo'lga kiritgan, jumladan, "Real" bilan Ispaniya chempionatida va Lissabon klubi bilan ikki bor Portugaliya chempionatida g'olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com