Mehdi Taremi: "Yomon voqealardan saboq olish sizni rivojlantiradi"

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025, 15:19
Eron terma jamoasi hujumchisi Instagram'dagi postida muxlislardan uzr so'radi.

"Yo'qotish muvaffaqiyatsizlikni anglatmaydi. Yomon voqealardan saboq olish sizni rivojlantiradi.

Bu yig'in tugadi va biz kelajakka yaxshi nigoh bilan boqamiz. Ushbu yig'in xatolaridan saboq chiqaramiz...

Futbol muxlislarini xursand qila olmaganimiz uchun uzr", – dedi Taremi.

Eslatib o'tamiz, Eron kecha CAFA Nations Cup finalida 1:0 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/mehditaremiofficial9