So’nggi yangiliklar

20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  2 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  2 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  32 18:54"Бёрнли" — "Арсенал" ва "Ноттингем Форест" — МЮ ўйинлари учун таркиблар маълум  7 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  6 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  0 16:25Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси U-17 Жаҳон чемпионати илк турида ишлайди  1 16:03МОҚ раҳбарияти ОФК президенти билан кўришди  0 15:40Ана холос! Boxing Day'да фақат битта ўйин бўлади  0 15:15Рубен Аморим: "МЮ "Ливерпуль"дан тепада бўладими, менга фарқи йўқ"  2 14:50Терри "Тоттенхэм" собиқ футболчисининг "Челси" ҳақидаги гапига жавоб қайтарди  3 14:33Мбаппе "Реал" ва ПСЖни солиштирди  10

Amir G'alinoi: "CAFA'da qatnashmaslik haqida xat yozdik, lekin shartlarimiz qabul qilinmadi" Yangiliklar

Amir G'alinoi: "CAFA'da qatnashmaslik haqida xat yozdik, lekin shartlarimiz qabul qilinmadi"

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi CAFA Nations Cup-2025 finali oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida musobaqa tashkilotchilari va o'z mamlakati ligasini tanqid qildi, shuningdek, O'zbekiston futboli rivojlanayotganini etirof etdi.

"Ertangi o'yin haqida so'z yuritishdan avval, turnirning qanday o'tkazilishi to'g'risida gapirish lozim. CAFA kelajakda mintaqa futbolini rivojlantirishga hissa qo'shishi mumkin, biroq bu jarayonning qay tarzda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Turnirning ikkinchisi kutilganidek o'tmadi va ko'plab jamoalar uning tashkil etilishidan norozilik bildirdilar. Umid qilamanki, keyingi yillarda rejalashtirish va o'tkazish jarayonlari yaxshilanadi. Agar texnologiyalardan foydalanilsa, ular futbol rivojiga xizmat qilishi kerak. Afsuski, ushbu CAFA turnirida biz buning guvohi bo'lmadik.

Eron va O'zbekiston terma jamoalari jiddiy raqiblar hisoblanadi. O'zbekiston o'z futboliga, ayniqsa yoshlar jamoalariga katta mablag' sarfladi. Biz bu jamoa bilan bir nechta o'yin o'tkazdik va umid qilamanki, bo'lajak uchrashuv yaxshi va samarali bo'ladi. Tarkibda ko'plab o'zgarishlar bo'lganini hisobga olgan holda, 50/50 deb hisoblagan futbolchilarimizning natijalari milliy terma jamoaga yordam bera olishiga ishonch hosil qildik. Biz O'zbekiston bilan bir-birimizni yaxshi bilamiz, ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdik va umid qilamanki, ko'zlagan natijamizga erisha olamiz.

Bir qator muammolar tufayli Eron chempionati kechroq boshlandi. Men tafsilotlarni oshkor qilmoqchi emasman, lekin ligaga va klublardagi hurmatli hamkasblarimizga bo'lgan hurmat tufayli ligani to'xtatishni xohlamadik. Bu xato edi. Odatda biz uch-to'rt marta mashg'ulot o'tkazardik. Nurafkondek o'yinchi "Persepolis" - "Sepaxon" o'yinidan so'ng darhol samolyotga otlandi, u to'liq tiklanishga ulgurmadi va terma jamoada engil tayyorgarlik bilan o'ynashga majbur bo'ldi. Ligani hurmat qilamiz, ammo ko'p o'zgarishlarni hisobga olgan holda yaxshiroq muvofiqlashishimiz uchun puxta reja bilan kelishimiz va Tehronda mashg'ulotlar o'tkazishimiz kerak edi. Mening xatom shundaki, men ligani hurmat qilib, klub muxlislarining istagi bilan ish tutdim, biroq turnirlarning, xoh CAFA bo'lsin, xoh boshqasi, o'z talablari bor. Biz turnirda qatnashmaslik iltimosi bilan xat yozdik, lekin shartlarimiz qabul qilinmadi. Bazilar CAFA'da ishtirok etishimiz uchun o'yinlarni liganing uchinchi va to'rtinchi haftalarida o'tkazish kerakligini aytishdi, lekin ular oddiy narsani tushunishmadi: liga FIFA kunlarida o'tkazilmasligi lozim. Biz sport vaziri va federaciya rahbariga murojaat qilib, qulay sharoit yaratib berishni so'radik, ammo ular buni amalga oshirishmadi. Ligani va hamkasblarimizni hurmat qilsak-da, jamoaga ham, menga ham bosim bo'ldi. Futbolchilar bir-birlarini yaxshiroq anglashlari uchun kamida to'rtta mashg'ulot o'tkazishi kerak.

Sizlarga shuni aytmoqchimanki, agar sizda reja va tuzilma bo'lsa, o'zgarishlar sizga zarar etkazmaydi. O'zbekiston so'nggi 10 yil ichida katta yutuqlarga erishdi. Yosh o'yinchilar, yoshlar jamoalari va milliy terma jamoaning natijalari shuni ko'rsatadiki, ular quyi bo'g'in futboliga va o'z klublariga sarmoya kiritishgan. Ularning ko'plab futbolchilari Eronning yirik klublarida o'ynaydi. O'zbekiston ikki marta Osiyo chempioni bo'lgan Yaponiya, Koreya va Qatar qatori Osiyo futbolining markaziga aylandi. Albatta, bizda ko'p amaliyotlar bo'ldi, lekin biz avlodlar almashinuviga yordam beradigan bir qator futbolchilarga imkoniyat berdik, ehtimol ular endi yosh emasdir. Ertaga juda yaxshi tarkib va puxta reja bilan maydonga chiqamiz, bizni qiziqarli o'yin kutmoqda", dedi 61 yoshli mutaxassis.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi final uchrashuvi 8 sentyabr kuni soat 19:30 da boshlanadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

+5   
08 sen 00:31:40
Адхамжон Низамов
Демак, Тожикистонда ташкилотчилик яхши булмапти.
+5   
08 sen 00:29:15
Shox Ruxbek
Bu turnir xuddi Eron va Õzbekiston u.n tashkil qilinganday
+4   
08 sen 00:26:19
barselona7
Агар ҳакамлар шу тариқа давом этса кейинги CAFA турнирига ҳеч қайси терма жамоа келмаса керак.
+3   
08 sen 00:38:40
PFCNasaf (O‘zbekiston)
jamshid rakhmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
КАФА бу фарс, ҳеч қанақа минтақавий мусобақа эмас. Эмомали ўғлини КАФА га президент қилиб қўйилганлиги бу шимолдагиларни талаби. Бизга бунақа мусобақа керак эмас!!!
Бу мусобақага шимолни нима алоқаси бор, бирор бир ёмонлик бўлса дарров шимолликлар сабаб бўлар эканда.
+2   
08 sen 06:52:55
{ CHELSEA }
Bir tiyinga qimmat musobaqa...
+2   
08 sen 02:43:35
Haqiqat-2
Доимгидек чалгитувчи гаплар... Эрон футболи анча пасайган, эртага курамиз ФИФА президенти олдида кандай уйнар экан бизникилар!
+2   
08 sen 02:27:14
Ultay
jamshid rakhmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
КАФА бу фарс, ҳеч қанақа минтақавий мусобақа эмас. Эмомали ўғлини КАФА га президент қилиб қўйилганлиги бу шимолдагиларни талаби. Бизга бунақа мусобақа керак эмас!!!
Русофоб дебилмисан
+2   
08 sen 01:32:04
Google User
CAFA turnirida yutsa ham hech qanday foydasi yo'q shekilli, bu murabbiy turnirdan noroziligini ochiq bayon qilibdi
+1   
08 sen 08:12:43
Бахтиёр Ашуров
jamshid rakhmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
ФИФА ўйинларида балки Ўзбекистон МТЖ Уругвай Корея ва бошқалар билан курашарди. Бу КАФА Ўрта Осиё МТЖ лари учун кишан. Бунақа сиёсий футбол ҳеч қаерда йўқ.
Шарқда Хитой, Япония, жанубий ва шимолий Корея тўртлик кубоги. Шимолий - шарқий осиё ва араблар лигаси булар қанақа турнир бўлмасам?
+1   
08 sen 07:40:54
Neftci&Barca
Адхамжон Низамов foydalanuvchining fikriga javob berish
Демак, Тожикистонда ташкилотчилик яхши булмапти.
Хакикатдан Тожикистон федерацияси яхши даражада турнирга керакли шароит ва кутилгандек ташкилотчиликни эплаша олмабдида, Эрон ЖЧга кўп ўйнаган команда ва у турли хил юқори даражали ташкилотчиликни кўришган.
+1   
08 sen 07:35:57
Х
Abdulbosit Maxmudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu galinoyi galati odam ekanu eron ffsini yoki ligasi reglamentini cafa turneriga nma aloqasi bor qatnashmasa uni boynidn kim boglab turardi umuman qatnashmasaxam mayli towba
Агар эрон катнашмаса бу турнирни умуман кераги йу́к
+1   
08 sen 06:00:57
Real Madrid bu Qirollik Klubi
Abdulbosit Maxmudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu galinoyi galati odam ekanu eron ffsini yoki ligasi reglamentini cafa turneriga nma aloqasi bor qatnashmasa uni boynidn kim boglab turardi umuman qatnashmasaxam mayli towba
Турнирнинг биринчи уйини ФИФА кунларига тугри келмади. Шунинг учун куплаб легионерларининг жамоалари куйиб юбришмади. Шу сабабли турнирда Эрон деярли легионерларисиз уйнаяпти. Булар бирдан тулик таркиб билан келди ярим таркибни олдин ярмини кейин олиб келишини истамади.
+1   
08 sen 00:47:45
From Earth
jamshid rakhmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
КАФА бу фарс, ҳеч қанақа минтақавий мусобақа эмас. Эмомали ўғлини КАФА га президент қилиб қўйилганлиги бу шимолдагиларни талаби. Бизга бунақа мусобақа керак эмас!!!
Мираброр Усмонлвни ким CAFA президенти этиб тайинлаганди, Америками?
   
08 sen 15:27:02
Vatandoshingiz
{ CHELSEA } foydalanuvchining fikriga javob berish
Bir tiyinga qimmat musobaqa...
БЕКОРЛАРНИ МИНГТАСИНИ АЙТИБСИЗ
   
08 sen 15:26:42
Vatandoshingiz
Х foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар эрон катнашмаса бу турнирни умуман кераги йу́к
ЭРОН КАТНАШАДИ ХОТИРЖАМ БУЛИНГ
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика