"Barselona" himoyachisi "Betis"ga qaytishi mumkin
19 mar 2020 00:34
Yangiliklar


"Barselona" himoyachisi "Betis"ga qaytishi mumkin
Xabaringiz bor, katalon klubi o'tgan yilning yozida "Real Betis"dan Xunior Firponi (18 mln evro evaziga) xarid qilgandi.
CHap qanot himoyachisi yangi jamoasida mavsum davomidagi o'yin amaliyotining kamligidan norozi. Malumot uchun, Firpo joriy mavsum "Barselona" safida 17 o'yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Ammo bu 23 yoshli futbolchi uchun kamdek tuyulyapti. "Football Espana" nashri malumotiga ko'ra, "Betis" rahbariyati mazkur vaziyatdan foydalanib ketmoqchi. Malum bo'lishicha, Xuniorning o'zi ham sobiq jamoasiga qaytishga qarshi emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar