Mbappe: "Vinisius bilan munosabatlarimiz yaxshi. Odamlar istaganini gapiradi"
09 okt 2025 23:50
Yangiliklar
Mbappe: "Vinisius bilan munosabatlarimiz yaxshi. Odamlar istaganini gapiradi"
"Real" futbolchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Vinisius Junior bilan munosabatlari yaxshi ekanligini aytdi.
"Qachonki ikki mashhur futbolchi bir jamoada o'ynasa, bu gazetalarning sotuvi tezlashishiga yordam berishi mumkin. Vinisius bilan munosabatlarim juda yaxshi. Ushbu mavsumda undan ham yaxshiroq bo'ldi, chunki biz bir-birimizni yaxshiroq bilib oldik. U yaxshi futbolchi va zo'r inson.
Odamlar istaganini gapirishi mumkin. Lekin bizning maqsadimiz bitta - "Real"ga yordam berish. Buning uchun biz yaxshi holatda bo'lishimiz va jamoaga yordam berishimiz kerak", - dedi Mbappe.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar