Mourinyuning Endrikka nisbatan rejalari ma'lum bo'ldi

31 may 2026, 12:07
OAVda "Real Madrid"ning navbatdagi murabbiyi sifatida tilga olingan Joze Mourinyu braziliyalik hujumchi Endrikni o'z jamoasi tarkibida ko'rishga umid qilmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning takidlashicha, Endrik portugaliyalik mutaxassis va klub rahbariyatining uzoq muddatli rejalariga kiritilgan. Endrik o'tgan mavsumda Fransiyaning "Lion" jamoasida ijara asosida o'ynadi.

Braziliyalik hujumchi Fransiya chempionatida o'zini yaqqol namoyon etdi. Endrik 21 o'yinda 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano