So’nggi yangiliklar

03:02Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди  230 02:55АПЛ. "Арсенал" "Брентфорд" майдонида очко йўқотди  16 00:50АПЛнинг январь ойидаги энг яхши мураббийи ким бўлади?  1 00:19Кучли бешлик чемпионатларида ким энг кўп маош олмоқда?  1 23:43Миллатлар лигаси-2026/27. Қуръа ташланди!  12 23:27"Ноттингем"ни бошқаришга рози бўлган мураббий бор  2 22:57Бундеслиганинг январь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  1 22:43Мбаппе "Реал"нинг навбатдаги учрашувини ўтказиб юбориши мумкин  28 22:20Расман: Раҳим Стерлинг - "Фейеноорд" футболчиси!  4 21:59"Пахтакор" кундаги иккинчи назорат ўйинида дуранг қайд этди  7 21:48"Навбаҳор" Қозоғистоннинг "Актобе" жамоасига қарши назорат ўйинини ўтказди. Нани майдонга тушдими?  2 21:15"Локомотив" Анталияда Грузия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:55Майдон ташқарисидаги "Эл Класико": "Реал" ва "Барселона" бир ҳимоячига қизиқмоқда  0 20:31Гвардиола ёзда кетадими? Романо жавоб берди  19 20:04"Барселона" ҳимоячиси 1 йилдан ортиқ вақт депрессия билан курашганини айтди  1

"Boka Xuniors"ning afsonaviy murabbiyi olamdan o'tdi Yangiliklar

"Boka Xuniors"ning afsonaviy murabbiyi olamdan o'tdi

Futbol olami katta yo'qotishga uchradi: Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasi bosh murabbiyi Migel Anxel Russo 69 yoshida vafot etdi.

Uning vafoti haqida klub rasmiy sayti elon qildi.

Russo sentyabr oyida siydik yo'llari infekciyasi asoratlari tufayli kasalxonaga yotqizilgandi. Davolanishga qaramay, Russoning ahvoli og'irlashdi va shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi.

Xayrlashuv maktubida "Boka" murabbiy o'zining so'nggi kunlarigacha futbolga bo'lgan cheksiz ishtiyoqini namoyon etganini takidladi. Uning yordamchisi Klaudio Ubedaning so'zlariga ko'ra, Migel Anxel kasalxonada bo'lganida ham jamoa ishlari bilan qiziqib, bo'layotgan voqealardan xabardor bo'lib turgan.

"U futbol bilan yashab, nafas oldi – maydonda ham, uning tashqarisida ham haqiqiy jangchi edi", – deyiladi klub bayonotida.

Migel Anxel "Boka Xuniors" klubida doimiy izini qoldirdi. U afsonaviy klubni uch marta boshqargan: 2007, 2020–21 va yana 2025 yilda. Aynan uning boshchiligida "Boka" 2007 yilgi Libertadores Kubogida g'olib chiqdi va Janubiy Amerikaning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biriga aylandi.

Malumot o'rnida, bugungi kunda Eronning "Istiqlol" jamoasida o'ynayotgan Jaloliddin Masharipov 2021/22 yilgi mavsum "Al Nassr"da Russo qo'l ostida o'ynagan. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика