Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Nassr" muhim o'yinda 90+5 daqiqada gol urib, g'alaba qozondi
08 mar 02:02
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Nassr" muhim o'yinda 90+5 daqiqada gol urib, g'alaba qozondi
Saudiya Arabistoni Pro ligasi 25-tur doirasidagi "Al Nassr" - NEOM o'yini bo'lib o'tdi.
"Al Nassr"ning ustunligi bilan o'tgan o'yinda 90+5 daqiqada Muhammad Simakan (Joau Feliks — assist) tomonidan urilgan gol bahs taqdiri hal qildi. Qayd etish kerakki, mezbonlar yulduzi Krishtianu Ronaldu ushbu o'yinda jarohati sabab ishtirok eta olmadi.
"Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionatida 25-turdan so'ng 64 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda, ikkinchi o'rindagi "Al Ahli" 62 ochkoga ega. Uchinchi o'rindagi "Al Hilol" hisobida 61 ochko bor.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar