Rasman: "Vilyarreal" va "Barsa" o'rtasidagi La Liga o'yini Mayamida o'tkaziladi
09 okt 2025 00:54
Yangiliklar
Rasman: "Vilyarreal" va "Barsa" o'rtasidagi La Liga o'yini Mayamida o'tkaziladi
La Liga prezidenti rasman buni elon qildi.
Xaver Tebas "Barselona"ning "Vilyarreal" bilan AQSHda o'ynashini malum qildi. Avvalroq, UEFA istisno tariqasida "Barselona" va "Vilyarreal"ga AQSHda La Liga doirasida o'yin o'tkazishga ruxsat bergan edi.
"Bitta kichik rasmiyatchilikni hisobga olmaganda, barcha masalalar hal etildi. Aytish mumkinki, 20 dekabr shanba kuni Mayamida "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasida La Liganing rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bu ochkolar uchun o'ynaladigan uchrashuvdir. O'yin "Hard Rock Stadium"da o'tkaziladi," - dedi La Liga prezidenti Mayamida bo'layotgan sport bo'yicha sammitdagi nutqida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar