JCH-2034ning 2035 yilda bo'lishi mumkinligi haqida Infantino nimalar dedi?
10 okt 00:16
Yangiliklar


JCH-2034ning 2035 yilda bo'lishi mumkinligi haqida Infantino nimalar dedi?
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2034ning 2035 yil yanvarida bo'lishi ehtimoli yuzasidan taqvimning o'zgarishi mumkinligini aytdi.
Oldinroq JCH-2034 2035 yilning yanvarida bo'lishi mumkinligi malum qilingandi.
"Agarda Siz bir vaqtning o'zida barcha joyda futbol bo'lishini istasangiz, turnirni mart yoki oktyabr oyida o'tkazishingiz kerak bo'ladi. Chunki dekabrda dunyoning yarmi futbol o'ynaydi, iyulda esa boshqa yarmi.
Bu borada ishga kirishganmiz. Hamma bilan suhbat olib boryapmiz. Gap faqatgin JCH-2034ning taqvimida emas, umumiy taqvim haqida ketmoqda.
Hatto Evropaning ayrim mamlakatlarida ham iyul oyida qattiq issiq bo'ladi. Lekin Evropada iyun oyida turnirni o'tkazsa bo'ladi.
Balki bizda taqvimni shu turnirga moslashtirish imkoniyati bordir. Buni muhokama qilyapmiz. Biz shunchaki oddiy qaror chiqarishimiz kerak", - dedi Infantino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar