JCH-2034 2034 yilda bo'lmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
9 okt 2025
Saudiya Arabistonida bo'ladigan 2034 yildagi jahon chempionati 2035 yilda o'tkazilishi mumkin.

Ushbu mundial nafaqat toq yilda bo'ladigan ilk mundial, balki, qishda o'tadigan ikkinchi mundial bo'lishi kutilmoqda.

Bunga bir qator sabablar bor: 2034 yilda bo'ladigan Ramazon oyi noyabr-dekabr oylariga to'g'ri keladi. Shuningdek, yozda ushbu mamlakatda o'rtacha havo harorati 52 daraja issiqni tashkil qiladi. Bunday paytda futbol o'ynash juda qiyinlashib ketadi.

Shu sababli JCH-2034 2035 yilning yanvarida o'tishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The New York Times