"Barselona" Bundesliganing eng yaxshi hujumchilaridan birini sotib olishga tayyor. Narxi oshkor qilindi
09 okt 17:04
Yangiliklar


"Barselona" Bundesliganing eng yaxshi hujumchilaridan birini sotib olishga tayyor. Narxi oshkor qilindi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi asosiy hujumchisi Seru Girassi transfer bozoridagi eng talabgir futbolchilardan biriga aylandi.
Malumotlarga ko'ra, "sariq-qoralar" gvineyalik futbolchini 65 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Bu uning dortmundliklar bilan shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulidir. Afrikalik futbolchining "qovog'arilar" bilan bitimi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Girassi Germaniyada o'zining "Matador" taxallusini oqlamoqda. Uning o'tgan mavsumdagi ko'rsatkichi hayratga soladi: chempionat va Chempionlar Ligasida 34 ta gol.
Hujumchi o'tgan mavsum 13 ta gol bilan Chempionlar Ligasining eng yaxshi to'purari bo'lgan.
Futbolchi joriy mavsum "Borussiya" libosida 8 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq "Barselona" rekord darajada daromad ko'rgani aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar