Laporta de Yongning noroziligi haqida: "Mayamiga borish kerakmi, boramiz"
09 okt 2025 22:17
Yangiliklar
Laporta de Yongning noroziligi haqida: "Mayamiga borish kerakmi, boramiz"
"Barselona"ning AQSHda o'ynashiga norozilik bildirgan Frenki de Yong haqida klub prezidenti Joan Laporta fikr bildirdi.
Oldinroq "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvi 20 dekabr kuni Mayamida bo'lishi malum qilingandi.
Kataloniya klubi yarim himoyachisi esa ushbu holatni turnir va futbolchilarga bo'lgan hurmatsizlik sifatida qiyosladi.
"O'yin o'sha erda bo'ladi - buni UEFA va LaLiga tanladi va qaror chiqardi. Bizga qaerda o'ynashimiz aytilsa, o'sha erda o'ynaymiz. Mayamiga borish kerakmi, boramiz. Futbolchilarning o'z shaxsiy fikri bor va men buni hurmat qilaman.
Bu g'oyani biz ham qo'llab-quvvatladik. AQSH - o'sib kelayotgan bozor, mavsumoldi yig'inlar orqali u erdagilar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatdik", - dedi Laporta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar