Ansu Fati Franciyada rekord natija qayd etdi
08 okt 20:38
Yangiliklar
"Monako" qanoti hujumchisi Ansu Fati Liga 1 tarixida eng tez beshta gol urgan futbolchi bo'ldi, bunga atigi 126 daqiqa kifoya qildi. Avvalgi rekord 77 yil davomida saqlanib kelgan edi.
1947/1948-yilgi mavsumdan buyon hech bir o'yinchi Liga 1da yangi jamoasi uchun debyut o'yinlarida beshta gol kiritishga bunchalik kam vaqt sarflamagan edi. Fati 2007/2008-yilgi mavsumda "Valansen" safida 137 daqiqada xuddi shuncha gol urgan Joan Odelning natijasini ortda qoldirdi. Hozirda Ansu o'rtacha har 42 daqiqada bir marta to'rni ishg'ol etmoqda.
22 yoshli futbolchi iyul oyida "Barselona"dan 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida "Monako"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar