Fabio Kannavaro: "G'alaba bilan boshlashimiz muhim edi"
09 okt 20:48
Yangiliklar


Fabio Kannavaro: "G'alaba bilan boshlashimiz muhim edi"
"Kecha aytganimdek hech bir o'yin oson bo'lmaydi. Har bir raqibni jiddiy qabul qilish kerak. Uchrashuvni yaxshi boshladik. Mashg'ulotlarda ishlagan g'oyalarimiz ish berdi. Futbolchilar meni eshitayotganidan mamnunman. Biroq hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. G'alaba bilan boshlashimiz muhim edi. Endi menda futbolchilar haqida ko'proq malumot bor.
Negativlar, bu doimo bo'ladigan holat. Shu vaqtga qadar tanqidlar bo'lmaganmi, albatta, bo'lgan. Lekin ularga etibor qaratmayman. Doimo o'z ishim haqida o'ylayman. Muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan odamni ham hurmat qilish kerak. Men futbolchilarga biroz agressiv bo'lish kerakligini aytdim. To'psiz o'ynash ustida ishlashimiz kerak. Raqib pressing qilmagan taqdirda ham bunga tayyor bo'lish kerak. Birinchi gol mashg'ulotlar mevasi.
Penaltini futbolchilar amalga oshiradi, biroq avval uni his qilish kerak. Buning ustida ishlashda davom etamiz. Futbolda hamma narsani mashg'ulotlar orqali rivojlantirish mumkin. Fayzullaevning holati yaxshi, bu borada shifokorlar bilan gaplashdik.
O'z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak. G'alaba qozonayotgan vaqtda ko'proq nazoratga urg'u berish zarur. Hisob 2:0 bo'lib tirgan vaqtda oddiy holda to'pni yo'qotdik, raqibga imkon bermaslik bu eng muhimi. Biroq futbolchilar men ulardan so'raganimni bajara olishdi.
To'p nazorati ustida ishlashimiz zarur. Maydonda 90 daqiqa davomida faqat yugurish imkonsiz. Shu sabab futbolchilardan bir-birini yaxshiroq tushunish talab etiladi.
Bizning futbol ko'p narsani o'z ichiga oladi. Umid qilamanki, futbolchilar bilan ko'proq gaplashamiz. Garchi doim birga bo'lmasa-da, ularga ishonch berib, videolar orqali ishlashga harakat qilamiz", - dedi Kannavaro matbuot anjumanida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Келди, Бош мураббий бўлди, камида учта-тўртта ўйинни бошқарсин, кейин фикр билдиринглар. Ҳозирча Кападзени тинч қўйинглар. У ўз ишини бажарди. Бу ёғига сабр қилайликчи.