Valeriy Karpin Eronga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?
09 okt 2025 22:51
Yangiliklar
Valeriy Karpin Eronga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?
Ertaga Rossiya hamda Eron termalari ishtirokida o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi.
Ushbu uchrashuv oldidan Rossiya termasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin matbuot anjumanida Eronni so'nggi yillardagi eng jiddiy raqiblardan biri deb atadi.
"Eron - eng jiddiy raqiblardan biri. FIFA reytingiga etibor qaratmaslikni so'ragan bo'lardim. Evropa, Lotin Amerikasida daraja umuman boshqacha. Ushbu terma bilan ikki yil oldingi o'yinimizni o'rganar ekanman, ularni Nigeriya va Serbiya bilan teng ko'rishim mumkin.
Ularning kuchli tomonlari juda ko'p. RPLda o'ynaydigan futbolchilari ham bor. Azmun o'ynamaydi, shu sababli unga etibor qaratmasak ham bo'ladi. Bizda diqqatli bo'lishimiz kerak bo'lgan raqib futbolchilari etarlicha. Bu borada tizimli ishlayapmiz", - dedi Karpin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar