So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Ajoyib malumotlar: 2004 yili Messi "CHelsi"ga o'tishga yaqin kelgandi Yangiliklar

Ajoyib malumotlar: 2004 yili Messi "CHelsi"ga o'tishga yaqin kelgandi

SHu kunlarda futbol olamining eng mashhur insayderlaridan biri Janluka Di Marcio "Grand Hotel Calciomercato" nomli kitobini namoyish qilmoqda.

U ushbu kitobida o'zining insayderlik karerasida bo'lib o'tgan ko'plab ajoyib malumotlarni taqdim qilgan. Kitobdagi eng original malumotlardan biri - Messining "CHelsi"ga o'tishga yaqin kelgani va Mourino bilan birga ishlashni istagani haqida bo'lmoqda. Ushbu voqelik qanchalik qiziqarliligini, jurnalistning "BeIN Sport"ga bergan intervyusidan bilib olsak bo'ladi.

"Men deyarli aytmagan va churq etmagan voqealardan biri - Messining "CHelsi"ga amalga oshmay qolgan transferi bo'ladi. 2004 yili Messi "CHelsi"ga o'tishga yaqin edi, o'shanda u ilk marta "Barselona"dan ketishni istab qolgandi.

Leo va Joze uzoq vaqt davomida aloqada bo'lib turgan: ko'p bora "Facetime"da videoqo'ng'iroqlar amalga oshirilgan. Kitobimda ushbu qo'ng'iroq borasida malumotlar berganman. Haqiqatdan ham, Messi "CHelsi"da Abramovich hamda Mourino bilan birga ishlashga yaqin kelgandi".

Eksklyuziv insayd borasidagi malumotlarni ko'plab futbol medialari qayta chop etishdi. To'g'risi ham, bunday malumotlarni Janlukadan boshqasi topa olmaydi.

Xo'sh, muammo nimada bo'lgan? Aslida, buning ko'plab sabablari bor.

Ko'pchilik chalg'igan tomoni shundaki, videoqo'ng'iroqlar uchun ilovalar 2010 yildan keyin paydo bo'lgan. Xo'sh, ular qay tariqa bunday gaplashishlari mumkin?

Janlukaning kitobidagi shunday chalg'ituvchi nuqtani ko'pchilik payqamay qoldi. U bu voqelik 2014 yilda sodir bo'lganini yozib qo'ygandi. O'shanda Messi ikkinchi marta "CHelsi"ga o'tishga harakat qilib ko'rgan.

Di Marcio kitobida shunday izoxlaydi: 2014 yili Messining soliq borasida muammolari paydo bo'la boshladi, Mourino esa videoqo'ng'iroq orqali Messi bilan gaplashib oldi.

2014 yilning yanvar oyi. Messi Ispaniya g'aznasiga 53 mln evro to'ladi va klubini o'zgartirish borasida jiddiy bosh qotira boshladi. Leo "CHelsi"ni tanladi: u Londonda yashab, Joze bilan birga ishlashni istab qoldi.

Deku ham o'rtaga qo'shildi, u bir vaqtlar "CHelsi"da ham "Barselona"da ham birga o'ynagan. Mourino va Messi uch agent ishtirokida "Facetime" orqali videoqo'ng'iroq amalga oshirdi. Joze:

"Salom, Leo, bu Joze! Ishlar qanday fenomen? "CHelsi"ga o'tishni istayotganing borasida eshitdim. Seni zararsizlantirishni o'ylab necha kundan beri uxlay olmaganimni bilmaysan, zona bo'yicha yopsam - urishing aniq, personal futbolchi tashlash - dribling bilan o'tib ketasan. Sen shunchaki eng zo'risan. Senga bir gapim bor, hozirgi joyingda qolishing kerak!"

Aytilishicha, Messining yuzida o'zgarish paydo bo'lgan, Mourino esa gapida davom etadi: "Ketma, "Barselona"da qol. Ular senga haykal o'rnatishlari kerak. Sen qaerda bo'lishing kerak bo'lsa, o'sha erdasan. Biroq... bir kun kelib, uyqudan turganingda, sen ichayotgan kofe oldingidek shirin emasligini, osmon esa kulrang tusga kirib qolganini, o'zingning avtomobiling yoqmay qolganini, har doim uyga qaytganingda, charchoq his qilishingni sezasan... O'shanda baxtli hayot eshiklarini ochish kerak! Eshikni ochganingda meni ko'rasan".

O'shanda "CHelsi" futbolchining 250 mln evrolik tovon pulini to'lamoqchi bo'lgan. Mish-mishlar bo'ldi. Aytilishicha, mashg'ulotlardan birida Fabregas Mourinoning oldiga borib, Messi "CHelsi"da o'ynashni istayotgani haqida gapirgan. Joze esa ko'p o'tmasdan Messi bilan gaplashib olgan. Ushbu qo'ng'iroqdan keyin "CHelsi" "Barselona"ga futbolchi borasida taklif jo'natgan. Messining otasi Xorxe ham ushbu g'oyani qo'llab-quvvatlamagan.

Barcha ushbu voqeani tan olib turgan paytda esa Messi: "Ochig'ini aytaman, bu haqida hech nima bilmayman", deb qo'ydi. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика