"Qayrat"ning 18 yoshli darvozaboni talim grantiga loyiq ko'rildi
07 okt 2025 13:33
Yangiliklar
"Qayrat"ning 18 yoshli darvozaboni talim grantiga loyiq ko'rildi
Bu haqida Qozog'iston fan va oliy talim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Barcha sportchilar xalqaro standartlarga muvofiq yuqori sifatli talim olishlari kerak. Bu ularning nafaqat sportda yuksak natijalarga erishishi, balki professional faoliyatini tugatgandan so'ng, turli sohalarda o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishga qodir, barkamol shaxs bo'lib etishishida muhim rol o'ynaydi. Yosh darvozabon erishgan tarixiy natija barcha qozog'istonlik yoshlar uchun yorqin o'rnak hisoblanadi", — dedi Qozog'iston fan va oliy talim vaziri Sayasat Nurbek.
Kalmurza endigina 18 yoshda va aslida klubning uchinchi golkiperi hisoblanadi. Biroq jamoadoshlarining jarohati sababli Chempionlar Ligasida debyut qilishga muvaffaq bo'ldi. Golkiper Portugaliyaning "Sporting" (1:4) jamoasiga qarshi o'yinda penalti qaytarishga ham erishdi, shu bilan birga "Real"ga qarshi o'tgan bahsda (0:5) yirik mag'lubiyatga qaramay, o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Qozog'istonlik tadbirkor "Real"ga qarshi o'yindan so'ng Kalmurzaga avtomobil sovg'a qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar