So’nggi yangiliklar

19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  19 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  2 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  7 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  17

Kannavaro qanday murabbiy? Yangiliklar

Kannavaro qanday murabbiy?

Championat.asia saytining Italiya futboli bo'yicha mutaxassisi Sergey Rumyancev O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning faoliyatini tahlil qildi.

2006 yilgi "Oltin to'p" sohibi futbolchilik faoliyatini BAAda yakunladi va aynan shu erda dastlabki murabbiylik tajribasini orttirdi. O'sha paytda "Al Ahli" jamoasini Kosmin Olariu boshqarar, Kannavaro esa murabbiylar shtabi tarkibidan o'rin olgandi. Jamoa milliy chempionat va liga kubogini qo'lga kiritdi, bu esa uning uchun katta muvaffaqiyatga aylandi.

Mustaqil faoliyat boshlash vaqti kelgach, Kannavaro Xitoyga yo'l olib, "Guanchjou Evergrand" jamoasini boshqarishni o'z zimmasiga oldi. Biroq bu tajriba muvaffaqiyatsiz chiqdi va italiyalik mutaxassisning o'rnini tez orada Luis Felipe Skolari egalladi. Yuqori kutilmalar va kuchli bosim o'z tasirini ko'rsatgandi. Shundan so'ng, Kannavaro 2015 yil oktyabrida "Al Nassr" jamoasiga ishga joylashdi, ammo 2016 yil fevralida lavozimidan ozod etildi. Mutaxassis vaziyatni o'nglay olmadi va klubni turnir jadvalining yuqori qismiga qaytarishga muvaffaq bo'lmadi.

Bunday natijalardan so'ng uning murabbiylik faoliyati to'xtab qolishi mumkin edi, biroq Kannavaro o'z nomini saqlab qolgan edi. 2016 yil yozida u Xitoyning " Tyanczin" klubini qabul qildi va bu safar nihoyat muvaffaqiyatga erishdi. Elita ligasidagi birinchi mavsumida klub 3-o'rinni egalladi, Kannavaroning o'zi esa Xitoy chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. Mutaxassis o'ziga ortiqcha bosim o'tkazmay, himoyaviy, ammo natijaga erishadigan jangovar jamoani shakllantira oldi. 

Shundan so'ng Kannavaro yuqori lavozimga ko'tarilishi va "Guanchjou Evergrand"ga qaytishi mantiqiy edi. Bu safar hamma narsa ancha yaxshi kechdi. Kannavaro Superkubok va Xitoy chempionatida g'olib bo'lishga erishdi, o'zini juda moslashuvchan mutaxassis sifatida namoyon etdi. U vaziyatga qarab raqibga moslashish yoki o'z uslubini o'tkazishni uddalay olardi. Qizig'i, shu davrda u Xitoy terma jamoasini ham boshqardi, biroq atigi 6 haftadan so'ng, ikkala lavozimni birlashtirish imkonsizligini aytib, bu vazifani tark etdi.

Vatanga qaytish vaqti keldi. 2022 yil kuzida Kannavaro o'sha paytda B Seriyada ishtirok etayotgan "Benevento" boshqaruviga keldi. Uning oldiga jamoani elitaga qaytarish vazifasi qo'yildi, ammo buning o'rniga 2023 yil fevralida u ishdan bo'shatildi. Murabbiy jamoaga to'g'ri yondashuvni topa olmadi, o'yinni yo'lga qo'ya bilmadi, rahbariyat esa sabr-toqat ko'rsatmadi.

Kannavaro bir yildan ortiq vaqt davomida ishsiz yurdi. 2024 yil aprel oyida A Seriyadan tushib ketish xavfi ostida turgan "Udineze"ni qabul qildi. Vaziyat juda murakkab edi va umuman olganda, murabbiylarning deyarli hech biri bunday tavakkalchilikka bormasdi. Kannavaro esa "Benevento"dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi.

Kutilmaganda Kannavaro hammani hayratga soldi. Qisqa vaqt ichida u jamoani yagona g'oya atrofida jipslashtirishga, himoyaviy o'yinni yo'lga qo'yishga va hujumda Lukkaga uzun paslar berish hamda standart vaziyatlarga urg'u berishga asoslangan sodda futbolni qo'llashga erishdi. Bu uslub o'z samarasini berdi. 6 o'yinda 2 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat qayd etildi. "Udineze" elitadagi o'rnini saqlab qoldi, biroq shartnoma uzaytirilmadi. Rahbariyat va murabbiy kelisha olmadi, Kannavaro jamoani jiddiy kuchaytirish va o'z vakolatlarini kengaytirishni istadi, ammo bu talabi rad etildi.

Uning keyingi ish joyi "Dinamo Zagreb" bo'ldi, Kannavaro 2024 yil dekabrida bosh murabbiylikka tayinlandi. Kutilmalar juda yuqori edi, majburiy chempionlikdan tashqari, rahbariyat Evropadagi maqsadlar haqida gapirdi. Biroq natijalar juda zaif bo'lib chiqdi, u klub rahbarligida atigi 14 ta o'yin o'tkazdi va 2025 yil aprelida 3-o'rinda turgan holda lavozimini tark etdi. Qisqa muddatli natija talab qilingan "Udineze"dan farqli o'laroq, Zagrebda Kannavaro uzoq muddatli o'yin tizimini shakllantirishga duch keldi va buni uddalay olmadi.

Uning o'yin tamoyillari haqida bir narsa deyish qiyin, chunki u Xitoydagi davridan tashqari, uzoq muddat davomida o'zini ko'rsata olmadi. Kannavaro, shubhasiz, himoyani yaxshi tashkil eta oladi, lekin bu har doim ham hujumda samarali harakat qilish qobiliyati bilan uyg'unlashmaydi. Uning "Udineze"dagi o'yinini mavsumoldi tayyorgarligidan so'ng, ko'proq shaxsiy taktik usullarni qo'llagan holda ko'rish juda qiziq bo'lardi, ammo bu imkoniyat yuzaga kelmadi.

Xulosa qilish mumkinki, murabbiy undan hech narsa kutilmagan sharoitda samarali ishlaydi. U hali o'zini tizimli yoki natijasi kafolatlangan murabbiy sifatida obro' qozonishga loyiq inson ekanligini ko'rsata olmadi. Biroq qisqa muddatda uning xarizmasi, jahon chempionatidagi g'alabasi tufayli shakllangan obro'si va tajribasi malum bir natijaga erishishga yordam berishi mumkin.


Sergey Rumyancev

Reyting: +4   

Fikrlar

+8   
07 okt 15:09:25
Rasul M
Jurnalistlarniki yonyapdi
+6   
07 okt 15:13:15
TOMJIQ_OLOT
Ўзбекистон МТЖ бу гўёки ўзини "шахсий томорқаси" деган хомхаёлдаги айрим чаласавод "журналистлар"га ёмон алам қилмоқда))) Баттар бўлларинг, ғаламислар! ЎФА молодец! Каннаваро зўр мутахассис!
+4   
07 okt 15:20:50
Fc Milan20
Kannavaro haqida kim ozgina ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lsa, 90 minut podkastini ko'rishni maslahat beraman. O'sha yerda Jahongir Usmonov degan kishi xolis odam sifatida Kannavaro qanaqa taktikada ishlaydi, ishlagan joylarida qanaqa natija keltirgan batafsil ochib bergan. Qolgan jurnalistlar Kapadze ketdi deb yig'lashdan nariga o'tmayapti. Bir shu podkastda haqiqiy tahlilni ko'rdim
+2   
07 okt 16:31:21
TOMJIQ_OLOT
Шахсан менга Сергей Румянцев деган одамни фикри қизиқ эмас. Бу масалада Ўзбекистон ифтихори Миржалол Қосимовнинг фикрига тўлиқ қўшиламан: "Каннаваронинг фаолиятига бир йилдан кейин баҳо берса бўлади. Ҳозир унга ишониб, МТЖ атрофида бирлашиш керак".
+2   
07 okt 16:22:22
Rasuljon1966 Xomidov
TOMJIQ_OLOT foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўзбекистон МТЖ бу гўёки ўзини "шахсий томорқаси" деган хомхаёлдаги айрим чаласавод "журналистлар"га ёмон алам қилмоқда))) Баттар бўлларинг, ғаламислар! ЎФА молодец! Каннаваро зўр мутахассис!
канаваро ОМАД ЁР БУЛСИН
+2   
07 okt 16:06:38
Акрамжон Халилов
Шунча достон қилиб ёзмасдан,
Канавваро яхши мураббий деб ёзинг тамом вассалом.
+2   
07 okt 15:56:47
Абдугаффор . N
Омадли келсин мундиал бизга хам Конаваррога хам
+2   
07 okt 15:52:41
uzb
Мутахассис ўзига ортиқча босим ўтказмай, ҳимоявий, аммо натижага эришадиган жанговар жамоани шакллантира олди. .............бизни термага шу кеча кундузда айнан шу услиб қул келади,эртага кучли термаларга қарши чуқир ва тартибли химояланиб кам сонли қарши хужимлардан нимагадир эришишимиз муукин,тартибсиз йугер теп қилиб уйнайдиган булсак мундиалдаги энг кучсиз термалар хам қийналмай итариб кетади,бир суз билан айтганда УФАдгилар мурабий танлашда адашишмаганга ухшайди,Коновара термага муносибларни териб олиб билса кйлайманки ЖЧда муносиб иштирок этиб қайтамиз,агар буниев пурев қилиб қатдаги умуман термага тортмайдиганларни тавсия қилишса Конаворога берилган пулллар куйиб кетади,асосий иш таркибни туғри танлашга боғлиқ
+1   
07 okt 18:15:06
Ррр
Сен са вакиллари оркангдан калампир киргандай ёнишябсан. Сенларгамас журналистлик килиш. Энди Канаваро кайси трусик кийишиниям ёзиб чикиш.
+1   
07 okt 17:19:37
Shovruq88
Xurshidbek futbol fan foydalanuvchining fikriga javob berish
Бир иккита одамга миллион миллион даромад келтирадиган мураббий
Shu MTJ ni puliga qarab turmagandir Oʻsha bir ikta odam?! Unday igʻvo chiqarmangda. Ular ham munosib qatnashaylik deyatgandir
   
07 okt 20:45:09
Bahrom Abdurahmonov
2 ta narsani unutmaslik kerak:
1) Shartnoma qilib bo'lindi!
2) Kannavaro pul uchun kelmaganiga aniq ishonsak bo'lar ekan. U ham o'rtaga o'zining obro'sini tikibdi. Ya'ni bu unung uchun jiddiy sinov. Borini beradi, yaxshi tanlov bo'libdi to'g'risi.
   
07 okt 16:57:42
,Хаqiqiy Kazim.
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Jurnalistlarniki yonyapdi
Сенга хоям боми ботта
-3   
07 okt 17:00:02
Xurshidbek futbol fan
Бир иккита одамга миллион миллион даромад келтирадиган мураббий
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика