Ronaldo: "Men kuchli depressiyadan aziyat chekdim"

11 iyul 2026, 09:40
Braziliya terma jamoasining sobiq forvardi Ronaldo futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng darhol boshlangan hayoti davri haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"Faoliyatni yakunlashga qaror qilganingda, bu go'yo yaqin insonlaringdan kimdir vafot etgandek tuyuladi. Men juda kuchli depressiyadan aziyat chekdim, sezilarli darajada vazn ortirdim. Katta futboldan ketish juda qiyin bo'ldi. Boshqa maydonga tushmasligim haqidagi fikr chidab bo'lmas edi.

Vaqt o'tishi bilan hayotda boshqa ishlar ham borligini va o'zingni qaytadan tiklashing mumkinligini anglaysan. Biroq boshqa musobaqalarda qatnashmasligim haqidagi o'y meni hali uzoq vaqt tark etmadi", – deya Ronaldoning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo Football Legends Talks podkastiga tayanib.

Ronaldo faoliyatini 2011 yilda yakunlagan. U klub miqyosida "Kruzeyro", PSV, "Barselona", "Real Madrid", "Inter", "Milan" va "Korintians" kabi jamoalarda to'p surgan. Hujumchi klubdagi faoliyati davomida jami 499 ta uchrashuvda maydonga tushib, 330 ta gol va 83 ta assist qayd etgan. Shuningdek, hujumchi Braziliya termasi safida 99 ta o'yinda harakat qilib, 62 ta gol va 32 ta assist qayd etgan. U terma jamoa safida ikki marta JCHda g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo