"Roma"ning transfer haqidagi xabarlari sabab, yo'qolgan bolalar topildi

Eldor Akmurzayev
4 sen 2019, 01:30
Roma yozgi transferlar vaqtida jamoaga qo'shib olgan futbolchilarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o'ziga xos usulda tanishtirgani ko'pchilikni ajablantirgandi.

Ma'lum bo'lishicha, klub tomonidan maxsus tayyorlangan videoroliklarning chap qismida yangi o'yinchi, o'ng tarafida esa bedarak yo'qolgan bolakaylarning rasmi joylashtirilgandi. Ushbu harakatlar natijasida 2 nafar bola topildi.

Roma tashkil etgan akciya sabab yanada ko'proq bolalar topiladi. Roma bilan hamkorlik qilish biz uchun muhim va biz kelajakda bolalarni qanday himoya qilish haqida muhokama qilmoqdamiz”, – deydi Xalqaro yo'qolgan va ekspluataciya qilingan bolalar markazi rahbari Karolina Xamer.

Jumladan, rimliklar Davide Zappakosta haqidagi tvitdan keyin 12 kun o'tib, 9 yoshli bolakayning topilganini ma'lum qilgan.

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ASRomaEN