

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.
Uning so'zlariga ko'ra, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni bosh murabbiylik lavozimiga yagona nomzod sifatida ko'rmoqda va bitimni yaqin vaqt ichida yakunlashga umid qilmoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar hamkorlik shartlarini allaqachon kelishib olishgan, shartnoma esa 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
43 yoshli mutaxassisning oxirgi klubi "Bornmut" bo'ldi va u ushbu mavsum yakunida jamoani tark etdi. Iraola qo'l ostida "olchalar" 57 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallashdi. "Liverpul" esa 60 ochko bilan beshinchi o'rindan joy oldi. Ispaniyalik murabbiy "Bornmut"ni 2023 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi.



