OAV: "Barselona" "Inter" futbolchisi Martines uchun so'nggi taklifni tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
7 sen 2020, 01:29
"Barselona" hujumchi Lautaro Martines transferi bo'yicha yakuniy taklifni tayyorlab, "Inter" klubiga jo'natmoqchi.

Xabarda aytilishicha, forvard hali ham "Barselona"ning ustuvor maqsadi bo'lib turibdi.

Martines bilan shartnoma imzolash Kataloniya klubi uchun juda muhim, chunki "ko'k-anorranglilar" hujumchi Luis Suares bilan hamkorlikni to'xtatishni rejalashtirmoqdalar.

Alohida aytish kerakki, Martines dastlab Suaresdan ko'ra kamroq maosh oladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com