Italiyalik jurnalist "Napoli" - "Barselona" o'yini haqida: "Bizni 1:1 hisobi kutyapti"

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 14:26
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvi doirasida "Napoli" jamoasi "Barselona"ni qabul qiladi.

Bahs Neapoldagi "Diego Armando Maradona" stadionida 01:00da start oladi.

Italiyalik jurnalist Massimiliano Martini ("Corriere dello Sport") ana shu uchrashuv haqida fikrini bildirib o'tdi.

"Napoli"ga murabbiy almashinuvi qo'shimcha impuls berishi mumkin. Lekin, bu jamoa "Barselona"ni mag'lub eta oladi deb o'ylamayman. "Napoli"da mezbon faktori ham bo'ladi, shu sabab bu uchrashuvda bizni 1:1 hisobi kutyapti deb o'ylayman", - degan Martini.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Corriere dello Sport