

Arsenal himoyachi uchun Bolonyaga 50 million evro to'laydi. 22 yoshli himoyachining o'zi bilan esa besh yillik shartnoma imzolaydi. Rikkardo Kalafori to'pchilar safida yiliga 4 million evro ishlaydi.
Kalafori "Bolonya"da 1 mavsum o'ynadi. 22 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum A Seriyada 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



