

"Gvardiolani Germaniyadagi faoliyatidayoq yaxshi tanirdim. "Borussiya"da o'ynagan vaqtlarim uning "Bavariya"siga qarshi maydonga tushganman. Uning "Barselona"si o'yinlarini tomosha qilish yoqardi. Buskets - Xavi - Inesta - ular barcha davrlardagi eng sevimli trio bo'lib qoladi.
Markazdagi sifatli uzatmalar, kerakli vaqtda qanotlarni o'zgartirish, hujumga qo'shilish - yarim himoyachi sifatida ularning o'yinidan zavq olganman. Pepning jamoasida, dunyoning eng qiyin ligasida o'ynash imkoniyati bo'lganidan xursandman. Undan tashqari, sovrinlar uchun kurashish - aqlbovar qilmas holat!", - dedi futbolchi.



