Balde to'pig'idan jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
27 noya 2026, 14:25
"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o'rin olgan "Sabah"ga qarshi o'yinda (4:1) jarohatlandi.

Futbolchi uchrashuvning 64-daqiqasida almashtirildi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga o'ng oyoq to'piq bo'g'imi boylamlarining engil cho'zilishi tashxisi qo'yilgan.

Klubning qo'shimcha qilishicha, Baldening Ispaniya chempionati doirasidagi "Deportivo"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi istisno etilmaydi. Uchrashuv 29 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif