PSJ darvozaboni o'yin amaliyoti yo'qligi sabab jamoani tark etadi

Sherzod Nurmatov
27 noya 2026, 14:00
PSJ darvozaboni Lyuka Shevale o'yin amaliyoti yetishmasligi sababli qishki transfer oynasida jamoani tark etishga tayyor, deya xabar bermoqda “L'Equipe”.

25 yoshli fransiyalik 23 yanvardan buyon rasmiy o'yinlarda maydonga tushmayapti. O'sha paytdan beri parijliklarning asosiy posboniga Matvey Safonov aylangan.

Shevale o'z kelajagini PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike va klubning sport yo'nalishiga mas'ul Luish Kampush bilan muhokama qilmoqchi.

Fransiyalik posbon muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni ko'zlamoqda. Tomonlar darvozabonni ijaraga berish va to'laqonli transfer qilish variantlarini ko'rib chiqishmoqda. Biroq parijliklar Shevalega o'rinbosar topgan taqdirdagina uni qo'yib yuborishga tayyor.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe