Desham nima uchun PSJ darvozaboni Shevaleni Fransiya terma jamoasiga chaqirmaganini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
15 may 2026, 16:30
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham PSJ posboni Lyuka Shevalening Jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga taklif qilinmaganining sababini aytdi.

Uning o'rniga "Lans"dan Roben Risser jalb qilindi.

"Uchinchi darvozabonning roli o'ziga xos, ammo asosiy mezon - sport natijalari. Biz bilan anchadan beri birga bo'lgan Lyuka Shevalening hafsalasi pir bo'lishi mumkinligini tushunaman, lekin u bir necha oydan beri o'ynamayapti. Men u bilan mart oyida bog'lanib, o'yin vaqtiga ega bo'lishiga umid bildirgandim, ammo afsuski, imkoniyat bo'lganida u o'ynamadi", – dedi Desham.

Shevale bosh murabbiy Luis Enrike rossiyalik darvozabon Matvey Safonovni tanlaganidan keyin PSJ tarkibidagi o'rnini yo'qotdi.

Fransiya mundial "I" guruhida Senegal (16 iyun), Iroq (22 iyun) va Norvegiya (26 iyun) terma jamoalari bilan bahs yuritadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports