

So'nggi soatlarda muzokaralarning yangi bosqichi bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.
Hujumchi "Sporting"dagi mashg'ulotlarga qaytmaydi, chunki u bor e'tiborini klubni tark etishga qaratgan.
"Arsenal" kelishuvni amalga oshirishda oldinga bormoqda. Hozircha bitim tuzilmagan, ammo muhokamalar davom etmoqda.
Avvalroq, 27 yoshli shvetsiyalik futbolchi "kanonirlar" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



