"Yuventus" 1984 yildan beri Italiya chempionatidagi eng yomon startni amalga oshirdi

Alisher
17 dek 2020, 11:37
Turinning "Yuventus" klubi A Seriya 12-turida "Atalanta" (1:1) bilan durang o'ynadi.

Andrea Pirlo jamoasi uchun bu A Seriyadagi ilk 12ta o'yindagi 6-durangdir. "Keksa sinora" so'nggi bor 1984/85 yilda mavsumni shunday muvaffaqiyatsiz boshlagandi va yakunda 6-o'rinda musobaqani yakunlagandi.

Turin jamoasi 12 turdan so'ng 24 ochko jamg'argan holda Italiya chempionatida 3-o'rinda bormoqda.

"Yuventus" keyingi turda "Parma" bilan o'ynaydi va bahs 19 dekabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventusnews24.com