

“Rivojlanish aniq ko'rinmoqda. Hozir Sulsher jamoaning qayta tiklanishi ustida ishlamoqda. U 4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Agar Igaloni ham qo'shadigan bo'lsa ular 5 nafar. Ularning barchasi yaxshi o'yinchilar. MYUning kelajagi yorqinligi aniq. Fernandesh qoyilmaqom o'yin ko'rsatmoqda. Brunu darhol hammasini top-o'yinchidek boshlagani g'aroyib. Odatda moslashish uchun vaqt kerak bo'lardi”, - deydi Pol Skoulz.



