"Xoffenxaym" Daniya superligasi to'purari bilan kelishib oldi

27 iyul 2019, 20:50
Germaniyaning "Xoffenxaym" jamoasi "Kopengagen" hujumchisi Robert Skov bilan transfer borasida kelishib oldi.

Tibbiy ko'rik va oxirgi shartnoma masalalari hal qilinganidan so'ng, 23 yoshli daniyalik Germaniya klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda.

O'tgan mavsum Skov Daniya chempionatida 34 uchrashuv o'tkazdi va 29 ta gol urdi (+ 9 ta assist). Ushbu natija orqali u 1998 yil "Brondbyu" hujumchisi Ebbe Sandning o'rnatgan rekordini yangiladi.

Mavsumlar oralig'ida forvard Joelinton "Xoffenxaym"ni tark etdi va "Nyukasl" klubiga yo'l oldi. 



O'xshash yangiliklar


Manba: achtzehn99.de