"Bavariya" Keynga o'rinbosar topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2025
Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" "Xoffenxaym" hujumchisi Fisnik Aslaniga qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Myunxen klubi 23 yoshli hujumchini 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab Harri Keynning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda. 

Ma'lumotlarga qaraganda, "Bavariya" rahbariyatiga futbolchining o'yinlari maqul kelgan va uni transfer short-listiga kiritgan.

Kosovolik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning "Xoffenxaym" bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt uning qiymatini 18 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports