

Bu haqda Africafoot xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" tarkibni yosh va dinamik hujumkor futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. Mankunianliklar 20 yoshli vinger bilan shartnoma imzolash uchun "Nyukasl" bilan raqobatlashishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Ture barcha turnirlarda 32 ta o'yinda ishtirok etib, beshta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.



