

25 yoshli polshalik posbon agar Rim klubida asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ysa Angliyaga qaytadi.
Maydonga tushmaslik men uchun azob. O'yinlarni chetdan tomosha qilishni xohlamayman, – deydi Shesni intervyularidan birida.
Iyun oyiga qadar mo'ljallangan ijara shartnomasiga ko'ra Arsenal uning maoshining bir qismini to'laydi va Shesni Romada ko'proq o'yinda maydonga tushishi kerak.
So'nggi o'yinda Rudi Garsiya 38 yoshli Morgan De Sanktisni maydonga tushirdi. Bu mavsumda Shesni 15ta o'yinda maydonga tushdi.



