

“Buffon emasman. U kabi uzoq o'ynay olmayman. Ayni vaqtdagi rejalarim “Yuventus”dagi shartnomamni davom ettirib, keyin ehtimol Ispaniyada yana 2 mavsum o'ynash.
“Yuventus” bilan 3 yillik shartnomam bor va albatta, agar klub meni Turinda qolishimni istasa, buni oxirigacha etkazishni xohlardim. Bu yerdagi faoliyatim davomida ko'plab darvozabonlarni ko'rdim, bunga ko'nikib qolganman. Hozir esa “Yuventus”ning potencial kiperi haqida hech narsa aytilmayotganidan tashvishdaman”, deydi 32 yoshli Shesni.



