"Yuventus" posboni "Al Nassr" taklifini qabul qildi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2024, 22:44
Voycex Shesni faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" darvozaboni "Al Nassr"ga o'tishga rozilik berdi. U ikki yillik bitimga imzo chekadi va yiliga 19 mln. evro ishlab topadi.

Agar klublar transfer narxini kelishib olishsa, ish Yevropa chempionati startigacha hal bo'ladi.

Polshalik 2017 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic