Mourinyu "Yuventus" darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
2 iyun 2021, 13:52
"Yuventus"ning asosiy darvozaboni Voycex Shesni "Roma"ga qaytishi mumkin.

31 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolashga poytaxt klubi qiziqish bildirmoqda. "Bo'rilar" ustozi Joze Mourinyu shaxsan darvozabonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Shesni "Borussiya" (Dortmund), "Tottenxem" va "Everton" klublari qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Voycex 2017 yildan beri "keksa sinora" sharafini himoya qiladi. Uning turinliklar bilan shartnomasi yana uch yilga amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira